Gayane Umerova o‘z faoliyatini O‘zbekistonning madaniyat sohasini rivojlantirishga bag‘ishlagan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ Iqtisodiyot va Turizm bo‘yicha Departamenti rahbari va O'zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg'armasi raisi Gayane Umerova mamlakatning madaniy infratuzilmasini barpo etishda yetakchi rol o'ynamoqda. Uning sa’y‑harakatlari O'zbekiston san’ati, rassomlari va madaniy merosini jahon maydonida keng tanitmoqda. Hozirda u Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazini restavratsiya qilish va rivojlantirishga ma'sul bo‘lib, bu markaz mintaqaning yangi madaniy markaziga aylanishi kutilmoqda. Shuningdek, u Tadao Ando tomonidan loyihalashtirilgan O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishiga boshchilik qilmoqda, bu muzey mamlakatning madaniy merosini keng yorituvchi binoga aylanishi rejalashtirilgan.
Gayana Umerova Buxoro Biyennalesi (5 sentyabr – 23 noyabr 2025 yil) tashabbuschisi bo'lib, ushbu tadbir shaharga milliondan ortiq mehmonlarni jalb qildi. Jamg'arma bu bilan ham Buxoro shahrining madaniy salohiyatini keng dunyoga ko‘rsatdi. Shuningdek, u ilk Orol madaniyat sammitini (4–6 aprel 2025 yil) tashkil etib, ekologik va madaniy tiklanish masalalarini xalqaro ekspertlar hamkorligida muhokama qilishga yo'naltirdi; navbatdagi sammit 2026 yil kuzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Gayana Umerova YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi (2025 yil 30 oktabr - 13 noyabr) O'zbekistonda o'tkazilishida muhim rol o'ynadi, 2021-yildan buyon Venetsiya san'at va me'morchilik biyennalesida O‘zbekiston pavilionining komissari hisoblanadi, shuningdek, O‘zbekistonning Osaka shahrida bo‘lib o‘tgan “Expo-2025” ko‘rgazmasidagi ishtiroki va boshqa salmoqli loyihalar uchun mas’uldir.
O‘zbekistonning xalqaro madaniy maydondagi nufuzini oshirishga intilib, Gayane Umerova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi raisi va 2025-yil aprel oyida Fransiyaning “San’at va adabiyot” ordeni bilan taqdirlangan. Uning el-yurt xizmatiga sodiqligi O‘zbekiston madaniyati sohasida yoshlar uchun imkoniyatlar yaratish hamda jamoalar va avlodlarni birlashtiruvchi madaniy iqtisodiyotni rivojlantirishga ko‘maklashishga fidoyiligida yaqqol namoyon bo‘ladi.