1-oktabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “San’at dunyosi” nomli Rossiya san’ati festivali doirasida gala-konsert bo‘lib o‘tadi.
Dasturda Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida Rossiyaning yetakchi teatrlari solistlari ijrosida jahon mumzto musiqasining mashhur opera ariyalari yangraydi.
Konsertda Buryatiya Respublikasi xalq artisti, Buryatiya opera va balet teatri solisti Olga Jigmitova, Rossiya Davlat Bolshoy teatri solistlari Aleksandr Chernov va Guzel Sharipova hamda Moskva “Gelikon-opera” musiqali teatri solistlari Valentina Pravdina va Konstantin Brjinskiylar ishtirok etadilar.
Chiptalarni havola orqali xarid qilish mumkin.