O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Britaniya Kengashi hamda “Creative Kazakhstan” agentligi bilan hamkorlikda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha “Kreativ iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida bepul onlayn dasturni ishga tushirmoqda.
Dastur madaniyat va kreativ sanoat vakillari, shuningdek, madaniyat, turizm, shahar tashabbuslari hamda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
Mashg‘ulotlar 2026-yil 1-iyundan 28-iyungacha onlayn tarzda o‘tkaziladi. Ishtirokchilarni video darslar va Buyuk Britaniya va markaziy osiyolik xalqaro ekspertlar bilan jonli sessiyalar kutmoqda.
Dasturda ishtirok etish bepul bo‘lib, uni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilar Britaniya Kengashi va “Cultural Oxford Associates” tomonidan sertifikatga ega bo‘ladilar.
Arizalarni 2026-yil 30-maygacha quyidagi havola orqali topshirish mumkin.