5-sentabr kuni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida niderland-marokashlik dizayner va rassom Mohamed Benchellalning loyihasi – “BENCHELLAL, MONUMENTAL | “O‘tmish haykaltaroshligidan kelajakni yaratish” nomli ko‘rgazmasi ishga tushadi.
Ko‘rgazma Toshkent Zamonaviy san’at markazining jamoatchilik uchun dasturi doirasida o‘tkaziladi va 2025-yilda Toshkentdagi badiiy qarorgohi davomida Benchellal tomonidan yaratilgan yangi asarlar turkumini taqdim etadi. Musavvir moda, haykaltaroshlik va me’morchilik chorrahasidagi sarhadlarni tadqiq etib, liboslarni bamisoli badiiy shaklga aylantirishga muvaffaq bo‘ladi. U “Vogue Fashion Prize” va “Fashion Trust Arabia” mukofotlarining sovrindoridir.
Toshkentda Benchellal O‘zbekistonning me’moriy va madaniy merosini shaxsiy qayta anglangan tasavvurini muxlislar e’tiboriga havola etadi. Handasaviy shakllar, tarixiy siymolar hamda me’moriy teran mavzular haykaltaroshlik asarlarining yangi turkumiga asos soladi.