6-sentabr kuni Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi (CCA Tashkent) ilk bor keng jamoatchilik uchun o‘z eshiklarini ochadi. Kun dasturidan mahorat darslari, she’r mutolaasi, kino namoyishlari, suhbatlar, jonli chiqishlar, musiqa va ko‘rgazma bo‘ylab sayrlar o‘rin olgan.

Yosh tashrif buyuruvchilar uchun Jajji CCA mahorat darslari: Kimsuji va Ali Sherri asarlaridan ilhomlangan gir va qo‘g‘irchoqlar, Nadia Kaabi-Linkening asari asosida ʻʻUchar gilamlarʼʼ, shuningdek, apsaykling bo‘yicha mahorat darsi o‘tkaziladi. Shuningdek, she’riy o‘qishlar hamda Kimsuji va Ali Sherrining filmlari namoyish etiladi.

Kun davomida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti xonandalari ishtirokida Avaaz ijrosi va Nadia Kaabi-Linke bilan davra suhbati bo‘lib o‘tadi. Kecha ʻʻShashmaqom: usulʼʼ musiqiy dasturi bilan yakunlanadi.

Tashrif buyuruvchilar, shuningdek, ʻʻHikmatʼʼ ijodkorlari hamrohligidagi ekskursiya va CCA Tashkent vositachilari bilan sayrlarda Markaz faoliyati bilan tanishishlari mumkin.