Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida 29-mart kuni Tamaraxonim tavalludining 120-yilligiga bag‘ishlangan konsert bo‘lib o‘tdi.
Kechada uning repertuariga mansub milliy va jahon madaniyati an’analarining boy merosi mujassam bo‘lgan raqs va musiqiy tomoshalar namoyish etildi.
Sahnada o‘zbekistonlik, Rossiya va Tojikistondan tashrif buyurgan ijodiy jamoalar va yakkaxon xonandalar chiqish qildilar. Oqshom mehmonlari orasida Tamaraxonimning nevara va chevaralari ham bo‘ldilar.
Konsert san’at ustalari va yosh ijrochilarni jamlagan jo‘shqin madaniy tadbir sifatida yodda qoldi.