Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Kreativ sanoat va madaniy iqtisodiyot: sarmoya imkoniyatlarining yangi sinfi” mavzusida sho‘ba muhokamalari bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisining birinchi o‘rinbosari Azizbek Mannopov, Marvan Abudib (Tekuma), Dmitriy Fedyunin (ECM Group) va Otabek Suleymonov (Stihia Festival) ishtirok etdilar.

Muhokama davomida mamlakatda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari: huquqiy va muassasaviy bazani shakllantirish, kreativ parklarni ishga tushirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va sohaga investitsiyalarni jalb etish masalalari taqdim etildi. Ishtirokchilar madaniyat to‘laqonli iqtisodiy qudratga aylanib borayotganini, O‘zbekiston mintaqada barqaror kreativ iqtisodiyotni shakllantirish uchun yuqori salohiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.