Oʻzbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasining yangi kovorking markazida mamlakat kreativ sektorini yagona ekotizimga birlashtiruvchi — infratuzilma va rivojlanish imkoniyatlarini oʻzida mujassam etgan Kreativ sanoat parki loyihasi taqdim etildi.
Loyiha dizayn va kino sanoatidan tortib raqamli texnologiyalar hamda hunarmandchilikkacha bo'lgan 15 ta yoʻnalish va 142 turdagi faoliyatni qamrab oladi. Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro va Xivada kreativ klasterlar hamda park rezidentlari uchun zamonaviy ijodiy makonlar tashkil etiladi.
Rezidentlar hamjamiyatiga hozirdanoq havola orqali qoʻshilish mumkin.