31-mart kuni Toshkentda Oʻzbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan amalga oshirilgan ʻʻDigital Content Residenceʼʼ — raqamli ijodkorlar uchun tajriba-sinov dasturi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Loyiha sun’iy idrok, video, interfaol dizayn va boshqa yangi media yo‘nalishlarida ishlaydigan yosh mualliflarni birlashtirib, ularning “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” milliy baleti hamda “Tamerlano” asaridan ilhomlangan ishlarini namoyish etdi.
“Digital Content Residence” mamlakat kreativ hamjamiyatini rivojlantirishda muhim platformaga aylanib, Oʻzbekiston madaniy merosini raqamli kontent orqali yangicha talqin qilish imkoniyatlarini kashf etishga xizmat qilmoqda.