2-oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “San’at dunyosi” nomli Rossiya san’ati festivali doirasida taniqli rus rejissyori, aktyori va rassomi Stanislav Govoruxin tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan Kino kuni bo‘lib o‘tadi.
Fotoko‘rgazma Stanislav Govoruxinning hayoti va ijodiga bag‘ishlanadi, shuningdek, aktyor Boris Kamorzin bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Badiiy kecha yakunida Stanislav Govoruxin tomonidan suratga olingan “Go‘zal davrning intihosi” filmi namoyish etiladi.