2026-yil 1-oktabrdan 1-dekabrgacha O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida Zurab Tsereteli ijodiga bag‘ishlangan “Mangulikka yo‘g‘rilgan umr” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.

Rossiya Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyihada musavvir ijodining turli davrlarini aks ettiruvchi rangtasvir, haykaltaroshlik, hajmli emal, relyef va shoyi bosma asarlari namoyish etiladi.

Ko‘rgazmaga ma’ruzalar va mahorat darslaridan iborat ma’rifiy dastur mazmun baxsh etadi.