15-oktabr kuni Almatida turli mamlakatlar va professional sohalardagi yetakchi ayollarni birlashtirgan “BE WOMAN ASIA 2026” xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. Dasturning ustuvor mavzularidan biri Markaziy Osiyoning global qiyofasini shakllantirishda madaniyatning roli bo‘ldi. O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova ishtirokidagi “Madaniy kuch”: Markaziy Osiyoning global o‘zligini shakllantirish” mavzusidagi munozara ushbu mavzuga bag‘ishlandi.

Muhokama markazida Markaziy Osiyoning hozirgi zamon butunjahon madaniy manzarasidagi o‘rni, madaniy muassasalarni rivojlantirish, rassomlar va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘ldi. Merosni asrab-avaylash va uning zamonaviy talqini mintaqa mamlakatlariga o‘z madaniy tilini shakllantirish va Markaziy Osiyoning xalqaro maydondagi ishtirokini kengaytirish imkonini berishi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Mintaqaviy hamkorlik ham muhim mavzulardan bo‘ldi. Soha mutaxassislari aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashinuvi hamda qo‘shma tashabbuslar Markaziy Osiyo madaniy ekotizimini rivojlantirish va mintaqani dunyoda yanada yaxlitroq taqdim etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.