Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Arab dunyosi instituti prezidenti Ann-Kler Lejandr bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar 2029-yilda Arab dunyosi institutida bo‘lib o‘tadigan o‘zbek raqs san’atiga bag‘ishlangan ko‘rgazmani tayyorlashga alohida e’tibor qaratgan holda hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Namoyishga qo‘yiladigan ashyo va buyumlar O‘zbekiston raqs an’analarining boy merosini taqdim etadi va xalqaro jamoatchilikni mamlakatning arxiv va muzey kolleksiyalari bilan tanishtiradi.

Tomonlar madaniy merosni asrab-avaylashga qaratilgan qo‘shma tadqiqot loyihalari va tashabbuslarni ham muhokama qildilar.