15-oktabr kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Almati viloyatidagi “Dala Edge Creative Tech Park” hammuassisi Danat Jumin bilan birgalikda “Dala Edge” kreativ texnologiyalar parkiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida park infratuzilmasi, jumladan, “New York Film Academy Kazakhstan” kampusi va “Dala Stage” professional suratga olish majmuasi namoyish etildi. “Dala Edge” kino va media sohasida ta’lim, texnologiya va amaliy ishlarni qanday birlashtirayotganiga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar hamkorlik va kasbiy almashinuv istiqbollarini, jumladan, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida kreativ sanoat va ta’lim sohasidagi qo‘shma tashabbuslarni muhokama qildilar.