Toshkent xalqaro jaz festivali doirasida shved jaz xonandasi, orkestr-ayol va jahonga mashhur hajviy etyudlar ustasi Gunhild Karling chiqish qiladi.
Gunhild karnay va trombondan tortib arfa va volinkagacha bo‘lgan o‘ndan ortiq cholg‘u asboblarini mohirona chaladi, u yana o‘zining qadam raqslari bilan muxlislar qalbini zabt etadi. Uning chiqishlari haqiqiy shou bo‘lib, unda jaz, yumor va jonli g‘ayrat uyg‘unlashadi. Karling videolari 70 milliondan ortiq tomosha qilingan va u “Postmodern Jukebox” va “Count Basie” orkestri kabi jamoalar bilan chiqish qilgan.
Sizlarni 3-may soat 19:30 da “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi ortidagi ochiq maydonda kutib qolamiz.
Festival 28-apreldan 13-maygacha bo‘lib, barcha konsertlarga kirish bepul!