O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi sizni muqaddas Qurbon hayiti bilan chin dildan muborakbod etadi!

Ushbu nurli kun har bir xonadonga tinchlik-xotirjamlik, fayzu-baraka va ruhiy jo‘shqinlik olib kelsin, qalblarimiz esa mehr-oqibat, totuvlik va yaqinlar diydoridan zavq-shavqqa to‘lsin.

Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, baxtu-saodat va hamjihatlik tilaymiz. Iyd al-Adho muborak bo‘lsin!