O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi 2026-yilda Italiyaning Venetsiya shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro Homo Faber 2026 ko‘rgazmasi doirasida Yosh elchilar dasturida ishtirok etish uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Biz kimlarni izlayapmiz?
— Kreativ sanoat, san’at, dizayn, madaniyat menejmenti yoki biznes yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, bitiruvchilar va 18–35 yoshdagi yosh mutaxassislarni;
— Ingliz tilini erkin biladigan (italyan tili A2+ darajada bo‘lishi afzallik beradi);
— Xalqaro madaniy amaliyot va professional rivojlanishga yuqori motivatsiyaga ega bo‘lganlarni;
— 2026-yil 18-avgustdan 1-oktabrgacha Venetsiyada bevosita faoliyat yuritishga tayyor nomzodlarni.

Sizni nimalar kutmoqda?
— Homo Faber 2026 doirasida yashash, avia parvoz va akkreditatsiya;
— Noyob xalqaro tajriba va professional o‘sish imkoniyati;
— Xalqaro darajadagi hunarmandlar, kuratorlar va ekspertlar bilan ishlash imkoniyati.

Arizalar qabuli muddati:
🗓 2026-yil 27-fevral
📩 Ariza topshirish bo'yicha batafsil ma’lumotlar Jamg‘armaning rasmiy veb-saytida (https://acdf.uz/oz/news/open-call-for-young-ambassadors-programme).