2026-yil 28-aprel — 12-may kunlari Toshkent shahrida Xalqaro jaz festivali bo‘lib o‘tadi.
Jaz, bu madaniyatlar va an’analar kesishmasida tug‘ilgan musiqa, hur ijod va jonli muloqot ramzidir. O‘nlab yillar davomida u butun dunyo bo‘ylab insonlarni birlashtirib, madaniy almashinuv va o‘zaro hamjihatlikning muhim qismi bo‘lib qolmoqda. YUNESKO jaz musiqasiga madaniyatlar o‘rtasida tinchlik, muloqot va o‘zaro hurmat-ehtiromni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim vosita sifatida qaraydi.
Festival sahnasida jahon jaz sahnasi yulduzlari — Therr Maitz bilan jo‘rlikda Leonid Agutin, Stenli Klark va Kurt Elling hamda boshqa qator xalqaro va mahalliy ijrochilar chiqish qiladilar.
Festivalning batafsil dasturi yaqin kunlarda e’tiboringizga havola qilinadi — yangiliklarimizni kuzatib boring.
Festival “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyining ochiq maydonida bo‘lib o‘tadi.
Kirish bepul.