10-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri sahnasida Yaponiya-O‘zbekiston musiqa festivali bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Yaponiya-O‘zbekiston “Ipak yo‘li” jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Kechada “Tumor” davlat raqs ansambli, yaponiyalik pianinochi Yoko Kanno, taniqli anime-multfilmlarning qator saundtreklarida ovozi yangraydigan xonanda va bastakor Tokiko Kato, Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri va opera xonandasi Jenisbek Piyazov o‘z chiqishlarini taqdim etdilar.
Xonanda Tokiko Kato va uning Janisbek Piyazov bilan ijro etgan dueti zalda olqishlarga sazovor bo‘li.