12-may kuni Xalqaro jazz festivali doirasida “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi ortidagi ochiq maydonda yorqin va unutilmas konsert dasturi boʻlib oʻtdi! 🎷

“Jazzirama” jamoasi Oʻzbekistonning yetakchi vokalistlari Sabina Mustayeva, Layla Rixsiyeva, Anush Gurjiyeva, Jasur Mirasagatov, Xayriniso Akbarova, Elina Sattarova, Madinabonu Adilova, Xurshid Inog'amov hamda Le Luu Lien bilan birgalikda zamonaviy jazz va oʻzbek milliy ohanglarini uygʻunlashtirgan maxsus konsert dasturini taqdim etdi.

Butun oqshom davomida “Jazzirama” va xonandalar mualliflik kompozitsiyalari hamda xalq qoʻshiqlarini oʻziga xos jazz talqinida ijro etib, jonli musiqa, improvizatsiya va chinakam festival kayfiyatiga boy muhit yaratdilar.

Bu musiqiy oqshomni biz bilan birga baham koʻrgan barcha mehmonlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz! 🎶