Xalqaro jaz festivali doirasida o‘zbekistonlik “Jazzirama” jamoasi maxsus dastur bilan chiqish qiladi.
2013-yildan buyon O‘zbekistonning yetakchi jaz guruhlaridan biri sifatida o‘zini namoyon etib kelayotgan ansambl an’anaviy o‘zbek maqom musiqasi ohanglari va zamonaviy jaz standartlarini o‘ziga xos tarzda uyg‘unlashtirgan. Bu safar guruh O‘zbekistonning yetakchi estrada xonandalari, jumladan, Sabina Mustayeva, Anush Gurjiyeva, Jasur Mirasagatov, Xayriniso Akbarova, Xurshid Inog‘omov va boshqalar bilan birgalikda yangi dasturni taqdim etadi. Dasturda xonandalarning mualliflik saylanmalari va “Jazzirama”ning o‘ziga xos ohanrabo ijrodagi o‘zbek xalq qo‘shiqlari taqdim etiladi.
Sizni 12-may kuni soat 19:30 da “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi ortidagi ochiq maydonda kutib qolamiz.
Festival 28-apreldan 13-maygacha bo‘lib o‘tadi, barcha konsertlarga kirish bepul!