1-mayda Toshkent xalqaro jaz festivali doirasida xonanda, prodyuser va “Therr Maitz” guruhining boshlovchisi Anton Belyayevning “LAB” loyihasi chiqish qiladi.

LAB — bu Anton Belyayevning ijodiy laboratoriyasi bo‘lib, unda san’atkorlar ijodkorlikni muhokama qiladilar va o‘zlari va boshqalarning musiqalarini noodatiy sayqallarda ijro etadilar. Ushbu loyiha Belyayevga yangi tovush va uslublar bilan tajriba-sinov o‘tkazish, ijod ufqlarini kengaytirish imkonini berdi. Treklar “Therr Maitz”, torli orkestr, xor va tashrif buyuruvchi musiqachilar jo‘rligida ijro etiladi.

Sizni soat 19:30 da O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyining ochiq maydonida kutib qolamiz.

Festival 28-apreldan 13-maygacha davom etadi va barcha konsertlarga kirish bepul!