Butun dunyoga mashhur mohir pianino sozandasi Lang Lang va Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining 2026-yil 25-avgust kuni Buyuk Xitoy devori yonida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konserti 2027-yilga qoldirildi.

Ushbu qaror ob-havo sharoiti hamda Pekin va Changpin tumani davlat idoralarining avgust oyida ochiq havoda keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha bergan rasmiy tavsiyalari munosabati bilan qabul qilindi.

Konsertning yangi sanasi qo‘shimcha e’lon qilinadi.