2021-yil Venetsiya biyennalesidagi O‘zbekiston milliy pavilionining “Mahalla Urban Living” badiiy qurilmasi 2026-yilgi Toshkent dizayn haftaligida yangicha ma’no kasb etdi.

“Mahalla shahar hayoti” – O‘zbekiston pavilioni muhofizlari, me’morlar Emmanuel Krist va Kristof Gantenbaynlarning loyihasi hisoblanib, u ko‘rgazmaning “Biz qanday birga yashaymiz?” nomli bosh mavzusi doirasida biyennaleda taqdim etilgan. 

Sariq metall quvurlardan yasalgan installyatsiya Toshkentdagi an’anaviy hovlisi bor uylarning talqini bo‘lib, mahallaga shahar turmushining modeli sifatida qarashni taklif etadi.

Dizayn haftaligi doirasida ushbu badiiy qurilma muloqot, hordiq va jismoniy faollik maydoni sifatida qayta mushohada etilgan.

Konstruksiya osmono‘par binolar qad rostlashidan avval “O‘qchi” mahallasi joylashgan Tashkent City Park’da o‘rnatildi. Bu yerda “Mahalla Urban Living” tasavvurdagi xonadon rolini bajaradi. Ekspozitsiya 1-noyabrgacha tomoshabinlarga muntazir.