O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning Smitson instituti huzuridagi Osiyo milliy san’ati muzeyi direktori Cheyz F. Robinson bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Smitson instituti o‘rtasidagi madaniy, muzey va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, shu jumladan, 2026-yilda Berlinda bo‘lib o‘tadigan “Osori atiqalarning kelib chiqishi va Osiyo san’ati: hikoyalarni baham ko‘rib, aloqalarni o‘rnatish” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma loyihasini ro‘yobga chiqarish, arxeologik, tarixiy va madaniy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni yuksaltirish, akademik va kasbiy almashinuv, shuningdek, konservatsiya, restavratsiya va muzeylar boshqaruvi sohalari muzey mutaxassislari uchun ta’lim dasturlari va malaka oshirish mashg‘ulotlarini o‘tkazish masalalarini ham muhokama qildilar.