O‘zbekiston delegatsiyasining me’mor Tadao Ando bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda uning rahbarligi ostida konsepsiyasi ishlab chiqilgan O‘zbekiston Milliy muzeyi loyihasini amalga oshirishning joriy bosqichlari muhokama qilindi.

Binoning atrof-muhit bilan uyg‘un holda hamohang bo‘lishi loyihaning ustuvor tamoyillaridan biri sifatida ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv doirasida loyihani amalga oshirishning asosiy bosqichlari, muhandislik yechimlari hamda qurilish muddatlari ko‘rib chiqildi. Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni davom ettirish va loyihani izchil ro‘yobga chiqarishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Ushbu muzeyni barpo etishga doir dastlabki chizmalar 2019-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyevga Tadao Ando tomonidan taqdim etilgan. 2025-yilda davlatimiz rahbari bo‘lajak majmuaning qurilishiga tamal toshini qo‘ygan.