YUNESKO bosh qarorgohida turli mamlakatlar va madaniyatlar vakillarini birlashtirgan Navro‘z bayrami tantanali nishonlandi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO huzuridagi Doimiy vakolatxonasi tashabbusi bilan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida hamda 12 mamlakat diplomatik vakolatxonalari ishtirokida o‘tkazildi. Unda YUNESKO rahbariyati vakillari va 400 nafardan ortiq namoyandalar ishtirok etdilar.
Navro‘z shodiyonasi 2016-yildan boshlab Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.
O‘zbekiston mehmonlarning iliq olqishlariga sazovor bo‘lgan xalq sozanda va xonandalari hamda “Bulbulcha” yoshlar xori ishtirokidagi konsert dasturini taqdim etdi. Shuningdek, tadbirda mamlakatimizning pazandachilik an’analari, jumladan, insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e’tirof etilgan o‘zbek palovi ham baham ko‘rishildi.