14-fevral kuni Avstriyaning Zalsburg shahridagi “Großes Festspielhaus” sahnasida O‘zbekiston milliy baleti ijrosida “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” baleti namoyish etiladi.

Xoreograf Raul Raymondo Rebek boshchilgida va Devidson Jakonelloning maftunkor musiqasi ostida “Lazgi” — qadimiy raqsni mumtoz balet nafosati bilan uyg‘unlashtirib, o‘zbek madaniyatining naqadar teran ekanligini o‘zida aks ettiradi.

Chiptalar quyidagi havola (https://www.oeticket.com/eventseries/lazgi-dance-of-soul-and-love-national-ballet-of-usbekistan-3797407/) orqali mavjud.