4-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri sahnasida A.Y.Vaganova nomidagi Rus balet akademiyasining yosh san’atkorlari chiqish qiladi.
Tomosha O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan “San’at dunyosi” nomli Rossiya san’ati festivalining yorqin yakuni bo‘ladi. Akademiya mumtoz balet merosi durdonalariga asoslangan xoreografik dasturni taqdim etadi. Ushbu chiqish tomoshabinlarga Rossiyaning yetakchi balet maktablaridan birining an’analari asosida kamol topgan yosh raqqos va raqossalarning mahoratini ko‘rish imkonini beradi.
Chiptalarni quyidagi manzillardan xarid qilish mumkin: https://iticket.uz/ru/events/concerts/academy-of-russian-ballet-named-after-a-ya-vaganova/52342