2026-yil 4-iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining “Peterburg fasllari” madaniyat festivali doirasida O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi G.F.Gendelning “Tamerlano” operasini Mariinskiy teatrining afsonaviy sahnasida namoyish etadi.

Dubay operasida muvaffaqiyatli namoyishlar va “Musikverein”dagi konsert premyerasidan so‘ng loyiha Sankt-Peterburgda taqdim etiladi. Kirill Rihter talqinidagi Gendel musiqasi o‘zbek milliy cholg‘ulari bilan boyitilib, Amir Temur davrini yodga soluvchi betakror ohangni yaratadi.

Chiptalar tez orada sotuvga chiqariladi.