30-sentabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Organ zalida “Sharq nafasi” nomli musiqiy-adabiy kecha bo‘lib o‘tadi.

Dastur Sharq madaniy merosidan ilhomlangan musiqa va she’riyatni birlashtiradi. Mehmon san’atkorlar ijrosida “Turandot”, “Knyaz Igor” va “Sadko” operalaridan ariyalar hamda rus klassiklarining Sharq mamlakatlariga mansub boy she’riy an’analarni ochib beruvchi romanslari yangraydi.

Kechada Buryatiya Respublikasi xalq artisti Olga Jigmitova, tenor Ilya Hardikov, pianinochi Sergey Semyonov va aktrisa Olga Sveshnikova ishtirok etadilar.

Chiptalarni havola orqali xarid qilish mumkin.