Kulapat Yantrasast tomonidan yaratilgan “Bog‘ ko‘shki” nomli serqatlamli o‘tov “Chitterio” saroyida iyul oyining oxirigacha qoladigan bo‘ldi!

Milan dizayn haftaligi yakunlari bo‘yicha tushgan ko‘plab ijobiy olqishlar va beto‘xtov qiziqishlarga binoan “Pinacoteca di Brera” galereyasi tomonidan pavilionimiz yana ikki oyga qolishga taklif etildi, bu ko‘rgazma namoyishining dastlabki kelishilgan muddatini uzaytiradi.

Bu vaqt ichida mo‘tabar makon turkum tadbirlar va davra suhbatlariga mezbonlik qilib, muloqot va almashinuv maydoni vazifasini bajarishda davom etadi.

Shundan so‘ng mashhur o‘tov Nukusga olib kelinib, kreativ bog‘ning bir qismiga aylanadi, u yerda u yangi ahamiyat kasb etib, o‘z hayotini boshqa manzarada davom ettiradi.