“Qozon Kremli” muzey-qo‘riqxonasida 1920-1930-yillardagi sovet, o‘zbek va rus modernizmining kam o‘rganilgan qatlamiga bag‘ishlangan “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Ko‘rgazma ekspozitsiyasida Aleksandr Volkov qalamiga mansub “Iblis” nomli asarlaridan biri musavvirning Kiyev rassomlik bilim yurtida o‘qiyotgan payti — 1913-1914-yillarda yaratilgan asari namoyish etilmoqda. Muallifning o‘sha davrdagi asarlari vitraj va modern bezaklariga xos bo‘lgan tekis bezakli yondashuv, geometriyaviylik va boy ranglari bilan ajralib turadi. Orientalizm va dekorativlik, primitiv va rus ikonasiga qiziqish, ustozi Mixail Vrubelning so‘zsiz ta’siri, ramziylikka bo‘lgan ishtiyoq va zamonaviy avangard tendensiyalari — bularning barchasi Volkovning o‘sha kezlardagi ishlarida uyg‘unlashib, ustaga o‘ziga xos dastxatni ishlab chiqish imkonini beradi.

“Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasi 2026-yil 5-aprelgacha davom etadi.

🖼 Aleksandr Volkov, “Iblis”, 1913-1914