O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “Van Gog bo‘lmoq” multimedia ko‘rgazmasi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Tashkent City Mall ko‘magida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha Vinsent van Gogning hayoti va ijodiga sho‘ng‘uvchi qarashni taqdim etadi. Maydoni 1400 m2 bo‘lgan ekspozitsiya uning ijodiy yo‘lining asosiy bosqichlarini birlashtirib, multimedia shaklida mohir mo‘yqalam ustasi uslubining tadrijiy rivojlanishini ochib beradi.

Ko‘rgazma har kuni 10:00 dan 23:00 gacha Tashkent City Mall’ning 2-qavatida bo‘lib o‘tadi. Payshanba kunlari kirish bepul. Chiptalar iticket.uz’da va kirish kassasida mavjud.