“Tamerlano” operasining konsert shakli ilk bor 2026-yil 9-aprelda “Musikverein” (Vena, Avstriya) sahnasida ijro etiladi. Avvalroq Georg Fridrih Gendel asarining mazkur talqini sahna ko‘rinishida taqdim etilgan edi. Vena shahridagi ijro esa uning mustaqil akademik musiqiy ifodasi sifatidagi konsert shakliga birinchi murojaati bo‘ladi.
Konsert dasturida O‘zbekiston milliy simfonik orkestri va O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xor jamoasi ishtirok etadi. Yakkaxon pardalarni O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov, ispaniyalik tenor Xuan Sancho hamda argentinalik soprano Veronika Kanhemi ijro etadilar.
Chiptalar “Musikverein” veb-sahifasida (https://shop.musikverein.at/selection/event/seat?perfId=10229652600111&choiceSelectionDone=true&productId=10229652830188&lang=de) mavjud.