Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida “Tamerlano” operasi namoyish etiladi
yangiliklar
O‘qish vaqti: 1 min.
2, 3 va 4-noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Georg Fridrih Gendelning “Tamerlano” operasi namoyish etiladi. Spektakl rejissyor Stefano Poda talqinida, Kirill Rihterning zamonaviy musiqiy interpretatsiyasi va O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri ijrosida taqdim etiladi.
2, 3 va 4-noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri sahnasida Georg Fridrih Gendelning “Tamerlano” operasi namoyishlari bo‘lib otadi.
Gendel musiqasi Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida Kirill Rihterning zamonaviy talqinida yangraydi. Orkestr sadolari o‘zbek milliy cholg‘ulari ohanglari bilan yanada boyiydi.
Chiptalar havola orqali mavjud.