O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi UZCARD to‘lov tizimi hamda “iz” bilan hamkorlikda O‘zbekiston musiqiy merosini asrab-avaylash va ommalashtirishga qaratilgan “O‘zbekiston musiqa merosi” (“Uzbekistan Music Heritage”) loyihasini taqdim etdi.

 

Loyiha doirasida “iz”ning ilk vinil nashri – Sherali Jo‘rayevning “Oq Qayin” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

Loyiha madaniyat va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirib, o‘zbek musiqasining salmoqli tasma yozuvlarini saqlash va tarqatishda yangi sahifa ochadi.

 

Ishonch va qo‘llab-quvvatlaganlari uchun Sherali Jo‘rayevlar oilasidan alohida minnatdormiz.