Xalqaro jaz festivali doirasida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining ikkita big-bend guruhi chiqishlari bo‘lib o‘tadi.

Mo‘minjon Olimov va Igor Burdyukov rahbarligidagi big-bendlar institut talabalaridan tashkil topgan, mamlakat madaniy hayoti va jaz festivallarida faol ishtirok etib kelayotgan o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lmish musiqa jamoalaridir. Konsert dasturida jaz standartlari, estrada musiqasi asarlari hamda qayta ishlangan saylanmalar, shu jumladan, mashhur o‘zbek qo‘shiqlari ijro etiladi.

Sizlarni 11-may kuni soat 19:00 da “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi ortidagi ochiq maydonda kutib qolamiz.

Festival 28-apreldan 13-maygacha bo‘lib o‘tadi, barcha konsertlarga kirish bepul!