2026-yil 20-oktabrdan boshlab taniqli kulolchilik sulolasining oltinchi va yettinchi avlod vakillari bo‘lgan o‘zbek ustalari Alisher va Shohruh Rahimovlar O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida “Liwan Design Studios and Labs” bilan hamkorlikda Dohada bir oylik ijodiy safarda bo‘ladilar.
Badiiy qarorgohda qatnashish O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida hunarmandchilik bo‘yicha bilim va tajriba almashishga bag‘ishlanadi. Birgalikdagi ishlar doirasida qatarlik ishtirokchilar o‘zbek kulolchiligi an’analari bilan tanishadilar hamda Alisher va Shohruh Rahimovlar bilan birgalikda ikki mamlakat hunarmandchilik merosini zamonaviy talqin etadigan qo‘l mehnati namunalarini yaratadilar.
Loyiha Rahimovlar oilasi amaliyotiga asoslangan avlodlar o‘rtasida bilimlarni vorislarga yetkazish an’anasini davom ettirib, O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida kasbiy almashinuv, mushtarak faoliyat va madaniy rishtalarni yuksaltirish uchun ijodiy makon yaratadi.