5-sentabr kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Arts Council Korea (ARKO) o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Kelishuv O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, qo‘shma ko‘rgazma, kuratorlik va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, rassomlar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish, shuningdek, ikki mamlakat muzeylari va madaniyat muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni nazarda tutadi.
Professional tajriba almashish, muzey amaliyotlarini rivojlantirish hamda san’at sohasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.