2026-yil 5-noyabrdan 2027-yil 31-yanvargacha O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Dohada bo‘lib o‘tadigan II Xalqaro dizayn biyennalesi doirasida “Atirgulzordan bir yaproq” nomli ko‘rgazmani taqdim etadi. Ko‘rgazma O‘zbekistonning badiiy merosi va mamlakatimiz an’anaviy hunarmandchiligining hozirgi zamondagi rivojiga bag‘ishlangan.
Ko‘rgazmada Madina Kasimbaeva, Davlat Toshev va Ruben Saakyan kabi ustalarning so‘zana kashtachiligi, miniatyura rangtasviri, ebru hamda badiiy nafis shisha san’atini o‘zida mujassam etgan asarlari namoyish etiladi.
O‘zbekiston pavilioni Doha shahrining tarixiy Ferij al-Asmax mavzesidagi an’anaviy hovlisi bor imoratda joylashtirilgan. Ashyo va buyumlar xalqaro jamoatchilikka O‘zbekistonning badiiy an’analari va mintaqaning madaniy rishtalari bilan tanishish imkoniyatini beradi.