23-aprel kuni YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida Ijroiya kengashining 224-sessiyasida 19-noyabr kunini Xalqaro hujjatli meros kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror loyihasi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ochilishida ilgari surilgan edi.
Bu harakat hujjatli merosni asrab-avaylashga e’tibor qaratish, undan foydalanishni kengaytirish va YUNESKOning “Jahon xotirasi” dasturi doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
O'zbekiston Respublikasi tashabbusi 65 ta davlat tomonidan hammualliflik qilinib, YUNESKOga a’zo mamlakatlar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Xalqaro hujjatli meros kunining yakuniy e’lon qilinishi YUNESKO Bosh konferensiyasining 44-sessiyasi davomida 2027-yilning noyabr oyida kutilmoqda.