5-may kuni Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” saroyi oldidagi maydonda taniqli dirijyor, YUNESKOning jahon artisti Vladimir Spivakov va Rossiya xalq artisti Hibla Gersmavaning konserti yuzlab tomoshabinlarni jamladi. Maestro ushbu chiqishini yaqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishladi. Ushbu sana munosabati bilan konsertga kirish bepul bo‘ldi.
Rossiya Milliy filarmonik orkestri jo‘rligida urush yillarining “Eh, yo‘llar”, “Nomsiz tepalikda”, “Turnalar”, “O‘ninchi batalyon” va boshqa qo‘shiqlari hamda simfonik asarlar yangradi.