Ta’lim dasturining asosiy vazifasi — madaniyat va san’at sohasida professional menejerlarni tayyorlash hamda ularga raqobatbardosh muhitda madaniy muassasalar siyosatini shakllantirish bo‘yicha strategik qarashlarni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.

Dastur quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi:

  • madaniyat va san’at sohasidagi yetakchi ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • milliy madaniyat va san’at muassasalari talabalari hamda mutaxassislari uchun xalqaro hamkor muassasalar bilan almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi muassasalar xodimlari uchun boshlang‘ich va malaka oshirish ta’limini qo‘llab-quvvatlash maqsadida grantlar ajratish;
  • Madaniyat vazirligi tasarrufidagi muassasalarni professional adabiyotlar va ixtisoslashgan davriy nashrlar bilan ta’minlash.