9-aprel kuni Venadagi “Musikverein” sahnasida bo‘lib o‘tadigan Georg Fridrih Gendel ijodiga mansub “Tamerlano” operasining konsert ijrosi kechasiga sanoqli kunlar qoldi.

Tomosha konsert ijrosi shaklida bo‘lib o‘tib, unda asosiy e’tibor musiqa, xor va yakkaxon pardalarga qaratiladi. Gendelning partiturasi Kirill Rihterning zamonaviy talqinida, Xuan Sancho, Jenisbek Piyazov va Olga Peretyatko ijrosida, Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy simfonik orkestri jo‘rligida yangraydi.