11 va 12-aprel kunlari Xalqaro balet festivali doirasida Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatr sahnasida Yekaterinburg shahridan kelgan Ural Balet truppasi ijrosida Mixail Fokin baletlari kechasi namoyish etildi.

Ikki kunlik namoyishlar katta muvaffaqiyat bilan o‘tdi, to‘la zalni yig‘di va tomoshabinlarning iliq e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Dasturdan Mixail Fokinning mashhur asarlari o‘rin oldi: "Atirgul manzarasi" — tush va balet fantaziyasining she’riy hikoyasi; "Oqqush" — Anna Pavlova san’atining ramziga aylangan ta’sirchan yakkaxon raqs; "Shopeniana" — Frederik Shopen musiqasiga yaratilgan nafis balet; "Karnaval" — Robert Shuman musiqasiga yaratilgan, XIX asr boshlaridagi muhitni aks ettiruvchi nafis balet-pantomima.